0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Mamlakatimizda jamoat transporti tizimini zamonaviy rivojlantirish uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu sababli har bir fuqarodan belgilangan qoidalarga rioya qilish, yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash talab etiladi. Chunki, yig‘ilgan mablag‘lar avtobuslarning texnik holatini yaxshilashga, yangi transport vositalarini sotib olishga va aholiga qulay xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Reyd tadbirlari davomida ayrim yo‘lovchilar bilan tushuntirish suhbatlari o‘tkazilib, jamoat transportidan foydalanish madaniyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yo‘l haqini to‘lamaslik qonun buzilishi ekanligi va buning uchun tegishli javobgarlik borligi eslatib o‘tildi.
Shahrimizda bunday reyd tadbirlari bundan buyon ham uzluksiz davom etib, jamoat transportida tartib va adolatni ta’minlashga qaratiladi. Aholidan esa avtobuslarda belgilangan qoidalarga amal qilish, yo‘l haqini vaqtida to‘lash va transport xodimlariga hurmat bilan qarash so‘raladi.
