Bolalarga maktab formasi va o‘quv qurollari sovg‘a qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
02.09.2026 84 Yangiliklar

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida aholining ijtimoiy ahvolini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh avlodga ko‘rsatilayotgan e’tiborni yanada oshirish maqsadida bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xo‘jayli tumanida joylashgan Ijtimoiy shaharchada yashovchi Transport vaziriga biriktirilgan oilalarning farzandlariga yangi o‘quv yili oldidan sovg‘alar topshirildi.

Xususan, bolalarga maktab formalari va o‘quv qurollari olib berilib, ularning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlashiga sharoit yaratildi.

Bunday mehr-muruvvat va g‘amxo‘rlik ishlari bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, ularni qo‘llab-quvvatlash, kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yosh avlod - yurtimiz kelajagi. Ularning sifatli ta’lim olib, komil inson bo‘lib voyaga yetishi - barchamiz uchun eng muhim vazifalardan biridir.

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, oilalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va yosh avlodga qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganining yorqin ifodasidir.