0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Kenesbay Karimov va O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Nukus shahar Kengashi deputati Aydarbek Aymuratov o‘zlari saylangan hudud aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, deputat so‘rovi bo‘yicha Transport vazirligining Transportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Jiemuratov tomonidan transport sohasiga oid fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar xalq bilan ochiq-oydin muloqotni ta’minlash, ularning muammolariga yechim topishda katta ahamiyatga ega.
