0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, ayniqsa ayollar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-mart kuni «Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida»gi PF-33-sonli Farmoni qabul qilingan.
Mazkur Farmonning asosiy maqsadi ayollar va bolalarga nisbatan har qanday tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.
Farmonga muvofiq, erta nikohlarning oldini olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish, ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun mas’uliyatini kuchaytirish muhim vazifalar sifatida belgilangan.
Shuningdek, davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish nazarda tutilgan.
Farmon doirasida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi kengaytirilmoqda. Himoya orderlarini berish amaliyoti takomillashtirilib, xotin-qizlar va bolalarning xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, mazkur Prezident Farmoni mamlakatimizda ayollar va bolalarning huquqlarini ta’minlash, ularga nisbatan har qanday tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish hamda xavfsiz va sog‘lom oila muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa inson qadrini ulug‘lash va adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi muhim huquqiy asoslardan biri hisoblanadi.
Nukus tumanlararo ma’muriy
sudi sudyasi S.A.Karamatdinova
