Tadbirkorlar bilan har kunlik uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
19.05.2026 29 Yangiliklar

Hozirgi kunda tadbirkorlar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish jamiyat bilan xalq o‘rtasidagi aloqani yanada mustahkamlamoqda. Bunday uchrashuvlar orqali fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar bo‘yicha tegishli taklif va yechimlar ishlab chiqilmoqda.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri B.Seytmuratov respublikamizda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilayotgan fikr va takliflar amaliy jihatdan o‘rganilib, ularni tez fursatda amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Nukus shahri "Anvar Universal servis" MChJ tomonidan Nukus shahridagi 21-sonli "Markaziy dehqon bozor-Ipak yo‘li MChJ (Sanatoriya ko‘chasi) " yo‘nalishli mikroavtobus yo‘nalishini Akademiklar ko‘chasigacha uzaytirib berish bo‘yicha hamda Nukus shahri "Golden Pegas Nukus" MChJ tomonidan ShYT-250-sonli "Xalqobod AS-Nukus Shimoliy g‘arbiy AV" va ShYT-284-sonli "Taxiatosh AS-Jiydeli boysin AV" yo‘nalishli mikroavtobus yo‘nalishlarini Markaziy dehqon bozoriga uzaytirib berish bo‘yicha murojaatlari korxona rahbarlarining yo‘nalishni uzaytirish bo‘yicha murojaatlariga asosan, yo‘nalishlarni uzaytirish masalasi tegishli komissiyaning xulosasiga asosan qaror qabul qilinishiga bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi.