YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

Chop etish Sahifani ulashish
02.09.2026 90 Yangiliklar

Bugun, 2-sentyabr o‘quvchilarning ko‘pdan beri orziqib kutgan yangi o‘quv yili boshlandi.

Nukus shahridagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirining o‘rinbosari A.Sadirbekov ishtirok etdi.

Dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.
So‘ngra, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami va yangi o‘quv yili bilan tabriklar tinglandi.

Shuningdek, mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori ta’lim sohasida ham olib borilayotgan islohotlar, yoshlarning chuqur bilim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida keng tarzda ta’kidlandi.

Shundan so‘ng maktabda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar bilan yaqindan fikrlashdi. Ularga minnatdorlik bildirib, yurtimiz yoshlari orasidan yuqori natijalarga erishadigan yoshlar yurtimizda ko‘plab yetishib chiqishi alohida ta’kidlandi.