Yosh kadrlarni tayyorlashda amaliyotning ahamiyati katta

Chop etish Sahifani ulashish
08.06.2026 18 Yangiliklar

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Shahar qurilishi va xo‘jaligi kafedrasi stajyor o‘qituvchilari G.Dosjanova va A.Menglibayevlar rahbarligida 3-bosqich Transport logistikasi ta’lim yo‘nalishi Ishlab chiqarish amaliyotini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Amaliyot jarayonida talabalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, transport sohasida olib borilayotgan islohotlar, logistika jarayonlarini tashkil etish va yo‘lovchi tashish xizmatlarini boshqarish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda.

Shuningdek, talabalar Nukus shahridagi va tumanlardagi avtovokzallarda bo‘lib, ularning faoliyati, yo‘lovchi oqimini boshqarish, transport qatnovlarini rejalashtirish, logistika xizmatlarini tashkil etish va zamonaviy boshqaruv tizimlari bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu Ishlab chiqarish amaliyoti talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelgusi mehnat faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.