YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

Chop etish Sahifani ulashish
11.06.2026 12 Yangiliklar

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash yil sayin kuchayib bormoqda. Ayniqsa, har haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" etib belgilanishi orqali yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga, ularning ta’lim olishiga, sport bilan shug‘ullanishiga va jamoat ishlarida faol ishtirok etishiga keng imkoniyat yaratilmoqda.

Bugungi kunda o‘tkazilayotgan "Yoshlar kuni" tadbirlari yoshlarni birlashtiruvchi, ularning iste’dodini yuzaga chiqaruvchi va kelajakka bo‘lgan ishonchini oshiruvchi muhim platformaga aylanmoqda. Har payshanba kuni shaharda turli madaniy-ma’naviy uchrashuvlar, sport musobaqalari, kitobxonlik kengashlari, seminar-treninglar va yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Shuningdek, "Yoshlar kuni" doirasida transport, ekologiya, raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik va sport sohalarida ham maxsus uchrashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanadi. Bu esa ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada oshiradi.