0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 maydagi PQ-158-sonli "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024 yil 1 noyabrdagi 182-sonli bayonoti hamda Transport vazirligining 2026 yil 15 oktyabrdagi 10577-sonli rezolyutsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholining zilzilaga tayyorgarligini oshirish, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va transport infratuzilmasi obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida, "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida muassasa xodimlari, yo‘lovchilar va aholi o‘rtasida zilzila paytida va undan keyin to‘g‘ri harakatlanish, xavfsiz joylarga chiqish, evakuatsiya tartibi hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, binolar va tegishli obyektlarda xodimlar ishtirokida zilzila paytida xavfsiz harakatlanish, binolarni tark etish va belgilangan yig‘ilish joylaridan chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnomalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Shu bilan birga soha mutaxassislari tomonidan aholining zilzilaga tayyorgarligini oshirish, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tayyorlangan videoroliklar avtovokzal va avtobuslarning monitorlariga joylashtirildi.
