"Yilning eng faol yosh mutaxassisi" tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Chop etish Sahifani ulashish
19.05.2026 25 Yangiliklar

Toshkent shahridagi "Toshkentboshplan LITI" davlat muassasasida O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining "Yilning eng faol yosh mutaxassisi" tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov "Eng faol yosh quruvchi" va "Eng faol yosh tashuvchi" nominatsiyalari bo‘yicha tashkil etildi.
Ishtirokchilarning kasbiy mahorati, amaliy yutuqlari, ijtimoiy faolligi, innovatsion loyihalari va jamoat ishlaridagi ishtiroki hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat tashkiloti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Allamurat Aytmuratov ishtirok etib, "Eng faol yosh tashuvchi" nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

G‘oliblar Respublika Kengashining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Hamkasbimizni bu yutug‘i bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi jamoasi nomidan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.