0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida kiberxavfsizlikni mustahkamlash, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida xodimlarga kibertahdidlarning oldini olish, shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini himoya qilish, kuchli maxfiy so‘zlarni qo‘llash, internet firibgarliklaridan himoyalanish, elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha keng tushunchalar berildi.
Shuningdek, raqamli xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, axborot resurslarini ishonchli himoya qilish va har bir xodimning bu boradagi mas’uliyati ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida barcha ishtirokchilarga kiberxavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish, raqamli texnologiyalardan foydalanishda doimo ehtiyotkor bo‘lish va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
