Korrupsiyaga qarshi kurashish - har birimizning burchimiz

Chop etish Sahifani ulashish
05.06.2026 3 Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish, diniy ekstremizm, separatizm va qimor o‘yinlarining salbiy ta’siri, xodimlar orasida turli yot illatlarga qo‘shilib ketishning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.



Unda Transport vaziri o‘rinbosari A.Sadirbekov, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi A.Xasanbayev va vazirlik xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Korrupsiya - bu nafaqat jinoyat, balki jamiyatni ich-ichidan yemiruvchi, demokratiya va huquq ustuvorligiga putur yetkazuvchi, barqaror rivojlanishga to‘sqinlik qiluvchi eng xavfli ijtimoiy illatdir. Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, har bir xodim o‘z ishida qonun talablariga qat’iy rioya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va turli korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishi zarurligi belgilab o‘tildi.