SAYYOR QABUL

Chop etish Sahifani ulashish
16.09.2026 39 Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining o‘rinbosari D.Q.Rahmatullayevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi qabuli bo‘lib o‘tdi.


Qabul jarayonida transport sohasida tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu bilan birga, sohada uchraydigan masalalarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, fikr-mulohazalar va bir qator masalalar bo‘yicha o‘z murojaatlarini bildirdi.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Bunday ochiq muloqotlar transport sohasida tadbirkorlar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga, ularning takliflarini o‘rganishga va sohani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qabulda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.