0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Loyihaning maqsadi - Mikroavtobuslarda yo‘l haqi to‘lash jarayonini maksimal darajada soddalashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish hamda yo‘lovchi oqimi va tushumlarni to‘liq nazorat qiluvchi shaffof ekotizimni yaratish. Loyiha haydovchining yo‘ldan chalg‘ishini kamaytirish orqali harakat xavfsizligini oshirishni ham nazarda tutadi.
Har bir mikroavtobus saloniga (kirish qismiga va yo‘lovchilarga ko‘rinadigan joylarga) o‘ziga xos QR-kod yopishtiriladi. Bu QR-kod ushbu avtotransport vositasi va uning yo‘nalishiga bog‘langan bo‘ladi.
️Yo‘lovchi istalgan ma’lum to‘lov ilovasi (Click, Payme, Uzum va h.k.) yoki loyihaning shaxsiy cho‘ntagidan QR-kodni skanerlaydi va pul o‘tkazadi.
Haydovchining smartfoniga maxsus ilova o‘rnatiladi.
Uning ishlash funksiyasi quyidagicha:
Yo‘lovchi QR-kod orqali to‘lov qilganda haydovchi ekranida yashil rangda to‘lov miqdori va vaqti ovozli va vizual tarzda ko‘rinadi.
Yo‘lovchi naqd pul berganda, haydovchi ilovadagi maxsus tugmani bosadi. Bu tizimda umumiy balans (QR + Naqd) to‘g‘ri shakllanishi va yo‘lovchilar soni aniq hisoblanishi uchun xizmat qiladi.
Naqd pul va naqd pulsiz pullar bir joyda, bir ilovada jamlanadi.
To‘lov tasdig‘i haydovchi ekranida 1-2 sekundda aks etadi, bu esa bekatlarda to‘xtab qolish vaqtini qisqartiradi.
Buning natijasida kunlik tushumlar va yo‘nalishdagi yo‘lovchilar oqimi haqida aniq statistik ma’lumotlar shakllanadi.
