VAZIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Chop etish Sahifani ulashish
16.04.2026 49 Yangiliklar

Bugungi kunda dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Dunyo taraqqiyotida yoshlarning o‘rni va ularning intellektual salohiyati muhim ahamiyatga ega.

Aynan bugungi davrda davlatimiz rahbari ta’kidlayotgan asosiy muammolardan biri bu yoshlar bandligidir.

Mamlakatimizda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘maklashish, ularga har tomonlama yordam berish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri B.Seytmuratov, vazir o‘rinbosari A.Sadirbekov, Transportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Jiemuratov QQDU Arxitektura fakultetining Transport logistikasi va Yo‘l harakatini tashkil etish mutaxassisliklari guruhi talaba yoshlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini, qaysi kasbga qiziqishi bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdi.
Yoshlar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.