Nukus shahri uchun yangi avtobuslar olib kelinmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
07.07.2026 38 Yangiliklar

Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish, yo‘lovchi qatnovini qulay va xavfsiz tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda jamoat transportining harakat tarkibi xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy, barcha qulayliklarga ega avtobuslar bilan yangilanmoqda. Xususan, Nukus shahriga yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "FAYZ AVANGARD" MCHJ tomonidan avtobuslar olib kelindi.