0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Transport nazorati inspeksiyasining Suv transportida nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi xodimlari ishtirokida Nukus avtotest markazida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, suv transporti xavfsizligini taʼminlash, qonunchilik talablariga rioya etish hamda sohada yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi, qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi. Uchrashuv yoshlarning huquqiy ongi va kasbiy qiziqishini oshirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda transport sohasiga oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
