Nukus avtovokzalida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
28.11.2025 102 Yangiliklar

 "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 iyuldagi PQ-316-sonli qarori asosida "Nukus avtovokzali" MCHJ binosiga 2025 yil may oyida rekonstruksiya ishlari boshlanib, rekonstruksiya ishlari Nukus shahrida joylashgan "ARAY SERVIS STORY" MCHJ tomonidan olib borilmoqda. Bugungi kunda rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.

 "Nukus avtovokzali" MCHJ 2000-yili foydalanishga topshirildi. Avtovokzal 250 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Avtovokzal shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda, jumladan, "Nukus-Toshkent," "Nukus-Olmaota," "Nukus-Urganch," "Nukus-To‘rtko‘l," "Nukus-Beruniy," "Nukus-Bo‘ston" avtobus va mikroavtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatmoqda.

 Avtovokzalda o‘ziga tegishli 4 dona "YUTONG" markali avtobuslari bo‘lib, bugungi kunda "Toshkent-Nukus" shaharlararo avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilarga transport xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.