Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan "Bir Vatan, bir el, bir bayroq" g‘oyasi asosida tashkil etilgan "Bayroq estafetasi" o‘tkazildi.

Chop etish Sahifani ulashish
10.11.2025 77 Yangiliklar

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yillik bayrami munosabati bilan tabrikladi.

Estafeta respublikamizning Mo‘ynoq tumanidan start olib, Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l, Shumanay, Xo‘jayli tumanlarida yuqori darajada kutib olindi va Nukus shahriga yetib keldi.

Bugungi o‘tkazilgan tadbir davomida "Bayroq estafetasi" doirasida ramziy bayrog‘imiz tarixiy maskanlarimizdan biri bo‘lgan "Chilpiq" qo‘rg‘oni yonida Nukus shahridan Amudaryo tumaniga topshirildi. Yoshi ulug‘ nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokidagi estafeta Xorazm viloyati faollariga topshirildi.