O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Nukus shahrida tadbirkorlar bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
27.03.2026 23 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M. Omarov Nukus shahrida tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri v.v.b B.Seytmuratov, Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i M.Aniyozov va respublikamizda yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirayotgan va qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha savollar bilan murojaat qildi. Savollarga mutasaddi rahbarlar tomonidan atroflicha javoblar berildi, muammolarni joyida hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuvda transport sohasin yanada rivojlantirish, hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash, yo‘lovchi tashish jarayonlarini tezkor va samarali tashkil etish, yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.