O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-noyabrda "Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholini barqaror jamoat transporti xizmati bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 725-sonli qarori qabul qilindi.

Chop etish Sahifani ulashish
05.12.2025 96 Yangiliklar

Qaror asosida uzoq hududlardagi aholini jamoat transporti xizmati bilan ta’minlash va jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tuman markazlarini uzoq hududlar bilan bog‘laydigan shahar atrofi, shaharlararo mikroavtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplab berish ko‘zda tutilgan.

 Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan har yili 1-yanvargacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman markazlarini uzoq hududlar bilan bog‘laydigan norentabel doimiy mikroavtobus yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlanadi.

Transport vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda norentabel mikroavtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplash bo‘yicha davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda - YAIDXP) orqali joriy etilishini;

 BIMXP orqali kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqishni "UzTrans" yagona interaktiv axborot tizimi orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilishini ta’minlaydi.

  Ya’ni, tashuvchilar norentabel mikroavtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplab berish uchun 2026-yil 1-fevraldan boshlab BIMXP orqali murojaat etadi.

Rentabelsiz mikroavtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplashda talab etiladigan ma’lumotlarni (hujjatlarni) ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.

 Rentabelsiz mikroavtobus yo‘nalishlaridan ko‘riladigan zararlar, zarur mablag‘larni Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining parametrlarida nazarda tutgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan har chorakning yakuni bo‘yicha subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplanadi.

 "Qoraqalpog‘iston Respublikasida, avvalgisidan farqli ravishda, tijorat asosida yo‘lovchilarni tashish xizmatini ko‘rsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan shahar atrofi yoki shaharlararo avtobus va mikroavtobus yo‘nalishida zarar miqdori 40 foizgacha bo‘lgan yo‘nalish norentabel yo‘nalish hisoblanadi".