0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 iyuldagi "2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan "Xavfsiz va ravon yo‘l" umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-316-sonli qarori asosida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, qarorning tegishli bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil davomida o‘tkazilgan elektron tender tanlovlarida 96 yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, barcha yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi avtokorxonalarning 1277 dona avtotransport vositasiga GPS tizimi o‘rnatildi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi "Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasasining avtomatlashtirilgan dispetcherlik bo‘limiga integratsiya qilindi. Shuningdek, Nukus shahrida jami 20 ta avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.
Ushbu qaror asosida tadbirkorlar va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridagi avtotransportlarga jami 907 ta videoregistrator o‘rnatildi.
Shu bilan birga, jamoat transporti infratuzilmasini yangilash yo‘nalishida 65 ta avtobus oraliq bekatlarini qurish ishlarini amalga oshirish belgilangan edi. Shundan bugungi kunda, 11 dona avtobus bekatlari yangidan qurib bitkazildi. Bu boradagi ishlar hali davom etmoqda.
