Qabul

Chop etish Sahifani ulashish
02.06.2026 9 Yangiliklar

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazilmoqda.

Qabul davomida fuqarolar transport sohasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va murojaatlar bilan ishtirok etdi.

Shaxsiy qabul chog‘ida fuqarolar yo‘lovchi tashish xizmati sifatini yaxshilash, avtobus qatnovlarini ko‘paytirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa muhim masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Transport vaziri har bir murojaatni tinglab, ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganib chiqish va ularni qonun doirasida ijobiy hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. Shu bilan birga, ayrim masalalar bo‘yicha fuqarolarga tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.

Bunday shaxsiy qabullar fuqarolar bilan ochiq va yaqin muloqotni ta’minlashga, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishga hamda transport sohasidagi masalalarni sifatli hal etishga xizmat qiladi.