0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy bo'limi xodimlari va IIV YHXB YPX xodimlari bilan homkorlikda xalqaro yuk va yoʻlovchi tashuvlarini amalga oshirayotgan transport vositalari haydovchilarining mehnat va dam olish rejimiga rioya etishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Nazorat davomida haydovchilarning mehnat va dam olish vaqtlarini qayd etuvchi taxograf qurilmasining texnik sozligi va undan toʻgʻri foydalanilishi, kabotaj tashuvlariga yol qoymaslik, shuningdek, xalqaro tashuvlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma blankasi (dazvol)ning belgilangan tartibda toʻldirilganligi tekshirilmoqda.
Belgilangan qoidalarga amal qilmagan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko`rilmoqda.
Mazkur nazorat tadbirlari xalqaro tashuvlar sohasida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda tashuvlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
