Nazorat tadbirlari olib borilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
20.04.2026 42 Yangiliklar

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyoji kun sayin ortib bormoqda. Har kuni kimdir o‘qishga, kimdir ishga otlanadi. Shuning uchun ham transportga kundalik ehtiyoj bor. Xalqimizning bu boradagi talabini qondirish bosh maqsadimiz. Chunki inson qadri ulug‘langan yurtimizda barcha sohalarda o‘zgarish va yangilanishlar yuz berayotgani Hurmatli Prezidentimizning aynan Qoraqalpog‘istonga bo‘lgan alohida e’tibori va g‘amxo‘rligining amaliy ifodasidir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi va Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy inspektorlari tomonidan Nukus shahrida aholiga jamoat transporti xizmatini ko‘rsatayotgan avtotransportlarning belgilangan yo‘l haqi bo‘yicha xizmat ko‘rsatishi va yakuniy manzilga to‘liq yetib borishini ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari olib borildi.