Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

Chop etish Sahifani ulashish
16.03.2026 25 Yangiliklar

Murojaatda: Nukus shahri "Xalqlar do‘stligi" MFY hududidagi J.Seytova va E.Alako‘z ko‘chalari kesishmalarida Taxtako‘pir va Mo‘ynoq tumanlariga yo‘lovchi tashib yurgan 30 dan ortiq yengil avtotransportlar tartibsiz tarzda patika qilgan holda yo‘l bo‘yiga qo‘yganligi, shuningdek, yuk avtotransportlarining tong sahardan yuklarni tushirishi o‘sha yerda yashovchi fuqarolarga zarar keltirayotgani, shuning bilan birga "Nukus-Xo‘jayli" yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy bozordan hujjatsiz yo‘lovchi tashib yurgan Damas avtotransportlari ko‘payib borayotgani ushbu yo‘nalishda qonuniy tarzda xizmat ko‘rsatayotgan avtotransportlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aytilgan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida Transport vazirligi, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi xodimlari bilan birgalikda monitoring ishlari o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli soha rahbarlari tomonidan nazoratga olindi.