Qoraqalpog‘iston uchun yana bir imkoniyat

Chop etish Sahifani ulashish
15.05.2026 72 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-aprel kungi PQ-143-sonli "Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:        

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida "Boshqa mining Valley" maxsus mayning zonasi direksiyasi" tashkil etiladi hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish bo‘yicha ishchi organ etib belgilanadi.

Maxsus zonaning hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasining butun hududi hisoblanadi; maxsus zona doirasida quyidagilarga ruxsat beriladi:

- mayningni amalga oshirish uchun yagona elektr energetika tizimidan va barcha turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, shuningdek, vodorod elektr stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanishga;

- mayning natijasida olingan kripto-aktivlar belgilangan tartibda milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilishiga va (yoki) ularni boshqa likvid kripto-aktivlarga almashtirishga;

- mayning natijasida olingan (shu jumladan, boshqa likvid kripto-aktivlarga almashtirilgan) kripto-aktivlarni sotishdan tushgan tushumni majburiy ravishda O‘zbekiston Respublikasidagi banklarning hisobvaraqlariga o‘tkazishga;

- faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar rezident bo‘lishiga;

- Rezidentlarga mayningni amalga oshirish natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik energiyasi hisobiga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarida belgilangan tartib;

- Rezidentlerge mayningti ámelge asırıw nátiyjesinde payda bolatuǵın ıssılıq energiyası esabınan awıl xojalıǵına mólsherlengen jer uchastkalarında belgilengen tartibda issiqxonalar tashkil etishga ruxsat berilmoqda.

2035 yil 1 yanvarga qadar rezidentlarning mayning faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan daromadlari soliqlar va yig‘imlardan ozod etiladi. Rezidentlikka nomzodlar (yuridik shaxslar) maxsus zona rezidentligini va mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish to‘g‘risidagi ariza bilan Direksiyaga murojaat qiladi; nomzodlarning arizalari Direksiya tomonidan ko‘rib chiqiladi, ijobiy xulosa berilgan taqdirda

- nomzodga Direksiya tomonidan maxsus zona rezidenti maqomi beriladi, rezidentga mayning faoliyatini amalga oshirish uchun Agentlik tomonidan qo‘shimcha hujjatlar talab etilmasdan ruxsatnoma beriladi, Direksiya rezidentlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi, ularning hisobini yuritadi va arizalarning sifatli ko‘rib chiqilishi uchun javobgar bo‘ladi.

Ushbu qarorning muhim jihati Qoraqalpog‘iston Respublikasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali aholi daromadlarini ko‘paytirishdan iborat.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

ma’muriy sudning sudyasi                                           K.Xojamuratov