Rasmiy munosabat

Chop etish Sahifani ulashish
03.09.2026 119 Yangiliklar
Hozirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlar orqali Nukus shahri ichidagi 14-sonli "Markaziy bozor - Temir yo‘l vokzali" yo‘nalishining yopilishi sababli murojaatlar kelib tushmoqda. Bu bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan quyidagilarni ma’lum qilib bildiramiz.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevral kungi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-59-sonli qaroriga asosan Nukus shahriga avtobuslar olib kelish hamda Brutto shartnomasi asosida avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish belgilangan edi.

Bugungi kunda yangi keltirilgan avtobuslar Brutto shartnomasi asosida tashkil etilgan 20 ta yo‘nalishga bosqichma-bosqich joylashtirilmoqdа.

Yaqinda ushbu hududga 2A-sonli "Harbiy garnizon-Jiydali Boysun aholi punkti" yo‘nalishi bo‘yicha avtobuslar yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumot uchun: Ushbu avtobus yo‘nalishining to‘liq ishga tushirilishiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bildirish xatiga asosan Nukus shahrida 15 ta vaqtinchalik yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Shu qatorda 14-sonli "Markaziy bozor - Temir yo‘l vokzali" yo‘nalishi vaqtinchalik tashkil etilgan yo‘nalish bo‘lganligi sababli qisqartirildi. Ya’ni, 2A-sonli "Harbiy garnizon-Jiydali boysin aholi punkti" avtobus yo‘nalishi bilan 27-sonli "Temir yo‘l vokzali-Urganch Trans Gaz" mikroavtobus yo‘nalishi birgalikda xizmat ko‘rsatish hududini to‘liq qamrab olganligini ma’lumot sifatida ma’lum qilamiz.