Sayyor_qabul

Chop etish Sahifani ulashish
16.01.2026 54 Yangiliklar

Bo‘zatov tumani "Bo‘zatov" ShFY hududida joylashgan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman hokimi B.Ubbiniyazov, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining o‘rinbosari I.Abdug‘afforov va tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i U.Kurbanbaevalar bilan birgalikda hududda yashovchi fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tegishli soha vakillari va hudud aholisi ishtirok etdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan transport xizmati, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda boshqa hayotiy muammolar bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar kelib tushdi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan bir qator murojaatlar shu joyning o‘zida qanoatlantirildi, yechimi vaqt talab etadigan murojaatlarning ijobiy yechim topishi uchun tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.