To‘rtko‘l tumani Xalq bilan uchrashish

Chop etish Sahifani ulashish
27.04.2026 42 Yangiliklar

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirining o‘rinbosari A.Sadirbekov hududdagi yo‘lovchi tashuvchi transport xizmatiga bo‘lgan talabni va tuman bo‘yicha bugungi kunda transport sohasiga tegishli bo‘lgan infratuzilmalarning zarurati, ularning bajarilayotgan ishlari ko‘lami bilan tanishish maqsadida To‘rtko‘l tumanida xizmat safarida bo‘ldi.

 

Dastlab To‘rtko‘l tumani 115 avtokorxonasining avtotransport haydovchilarini o‘qitish maktabida tashuvchilar hamda hudud aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan yo‘nalishlarni optimallashtirish, tenderga qo‘yilgan yo‘nalishlarning qulayliklari, YPS bilan jihozlash va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha suhbatlashildi.

 

Shuningdek, yo‘nalishlarning optimallashtirilishi bo‘yicha bildirilgan masala o‘sha joyning o‘zida o‘z yechimini topdi.