0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov rahbarligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri hamda Bo‘zatov tumanida bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Vazir o‘rinbosari shahar va tuman rahbariyati mahalladagi mas’ullar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ro‘yxatga olish jarayonidagi vazifalar va masalalarni muhokama qildi.
Tashrif davomida imkoniyatlar o‘rganilib, tadbirni samarali o‘tkazish bo‘yicha aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
