TRANSPORT PROKURORI TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI

Chop etish Sahifani ulashish
19.03.2026 28 Yangiliklar

Yaqinda Prezidentimiz rahbarligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unga Orolbo‘yi Transport prokurori D.Madenov, prokuror o‘rinbosari B.Erejepov, Transport vaziri v.b B.Seytmuratov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil E.Dospanov, Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i M.Aniyozov hamda respublikamizda yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etdi.
Hurmatli Prezidentimiz "Har bir inson va oilaning muammosini bilib, vaqtida yordam berishim kerak" degan shior rahbarlar uchun bosh qoida bo‘lishi zarurligini ta’kidlagan edi.
Shu asosda har haftaning payshanba kuni prokuror va tadbirkorlar uchrashuvini o‘tkazish belgilandi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarida duch kelayotgan muammolar bilan birga fikr va takliflarini bildirdi. Soha rahbarlari tomonidan uchrayotgan muammolarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.