0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Nukus avtovokzalida "Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash," "Missionerlik jamiyatining barqarorligi uchun xavf," "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzularida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Transport vaziri P.Kaipbekov, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi A.Xasanbayev, yo‘lovchi tashuvchi korxona rahbarlari va avtobus haydovchilari ishtirok etdi.
Tadbirda "Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash," "Missionerlik jamiyati barqarorligi uchun xavf," "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzularida diniy ma’rifat sohasida olib borilayotgan islohotlar, missionerlik va prozelitizmning ayanchli oqibatlari, tinchlikning qadriga yetish, shukronalik tuyg‘usi, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan nosog‘lom aqidalardan ogoh bo‘lish kabi dolzarb mavzularda so‘z yuritildi.
Shuningdek, avtovokzalda har bir yo‘lovchi va bagajlarga, ayniqsa, yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan vaqtlarda alohida e’tibor berib, avtobus bagaji va salonlarini qat’iy tekshiruv, shubhali yo‘lovchilarga, ularning yuklariga alohida e’tibor qaratish kerakligi, korxonalarga biriktirilgan yo‘nalishlarda shartnomada ko‘rsatilgan bandlariga amal qilinishi haqida aytib o‘tdi.
