0%ga kattalashtirish
0% ga kattalashtirish
Bugun Transport vazirligi hamda "Shaxaman Trans" MCHJ bilan hamkorlikda Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Kegeyli tumani hududida yashovchi bir qator nuroniylar va "Temir daftar"ga kiritilgan oila a’zolaridan iborat 160 kishi uchun Xiva shahriga bepul sayohat tashkil etildi.
Sayohatning asosiy maqsadi - keksa avlod vakillari va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga sharoit yaratish, shuningdek, tarixiy-madaniy joylar bilan tanishtirishdan iborat.
Tashrif davomida sayyohlar Xiva shahrining tarixiy qadamjolarini kezib, shaharning betakror me’morchiligi, ajoyib obidalari va boy madaniy merosi bilan tanishdi. Asrlar davomida saqlanib kelingan tarixiy maskanlarni ko‘rib, sayyohlar o‘zlarida yaxshi taassurotlar oldi.
